"ACTIVE YOUNG" jamoasi a'zolari taqdirlandi

"ENERGETIKA" fakulteti talabalari energiyaga boy, serqirra yoshlar desam adashmayman. Ayniqsa kasb taqozosi bilan bir kunda har xil iste'dod, turli iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilamiz. Shu sababdan ularning qiziqishlariga qarab tavsiyalar berishga hamda jamoa shakllantirib samarali faoliyat olib borishga harakat qilamiz. "ACTIVE YOUNG" jamoasi ham Umarov Behruzbek hamda No'monov Asljon taklifi hamda tashabbusi bilan bunyod bo'lgan kichik jamoa edi. Ammo doimiy izlanish, sabr va mehnat natijasida bugun bu jamoa a'zolari soni talaygina va men ham bu jamoa a'zosi ekanligimdan faxrlanaman. Yutuqlarimizni taqdirlash jarayoni ham ajoyib kun bo'lib muhrlanib qoldi.